
Loyihalar

Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Dehqonobod MFY’dagi «Sof Expo Samarkand» avtoturargohida 160 GBT + GBT va 120 GBT + ССS2 quvvatli 2 ta TOKBOR quvvatlash stansiyalarini o’rnatdik.
Stansiyalar М - 39 trassasida joylashgan va ularning bittasi Toshkent va Samarqand o’rtasidagi eng tez yevropalik razyomga ega.
Xalqaro ko’rgazma markaziga keling va o’zingizning xitoylik va yevropalik elektrokarlaringizni quvvatlantiring.
TOKBOR bilan butun O‘zbekiston bo‘ylab harakatlaning!



Tashkent City Park’da joylashgan «Gardens Residence» TJM’da biz har bittasi 160 kW quvvatli 4 ta quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatdik.
Ushbu lokatsiyada bir vaqtning o‘zida 7 ta xitoylik va 1 ta yevropalik elektromobil quvvatlanishi mumkin.
Elektromobilingiz quvvatga to‘layotgan mahal siz shinamgina parkda sayr qilsangiz bo‘ladi.
TOKBOR doimo siz bilan birga!


TOK BOR bor bo‘lsa, elektromobilda tog‘ga borish juda qulay!
Bosto‘nliq tumanidagi G‘azalkentda, “SANEG Bo‘stonliq” AYoQSh qoshida GBT+CCS2 konnektorlariga ega 120 kW quvvatli TOK BOR quvvatlash stansiyasini o‘rnatdik.
Bu lokatsiyada xitoylik va yevropalik elektromobillar quvvatlanishi mumkin.
TOK BOR’da zavq bilan quvvatlaning!

Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida, SEG TASCO bilan birgalikda «SANEG Kosonsoy AYoQSh» AYoQSh’da 120 kW quvvatli, GBT+CCS2 konnektorlarga ega TOKBOR quvvatlantirish stansiyasini ishga tushirdik.
Ushbu lokatsiyada xitoylik va yevropalik elektromobillar quvvatlanishi mumkin.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab TOKBOR bilan birgalikda quvvatlaning!


Jizzax viloyatining Sharof-Rashidov tumanida, M39 trassasida joylashgan «Jizzax AYOQSH» AYoQSh qoshida GBT+CCS2 konnektorlarga ega 60 kW quvvatli TOKBOR quvvatlantirish stansiyasini ishga tushirdik.
Ushbu lokatsiyada ham xitoylik, ham amerikalik elektromobillar quvvatlanishi mumkin.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab TOKBOR bilan quvvatlaning!

Qashqadaryo viloyatining Kitob shahrida, «Kitob issiq non» ishlab chiqarish sexining avtoturargohida biz GBT konnektorli 60 kW quvvatli TOKBOR quvvatlantirish stansiyasini ishga tushirdik.
Bu Kitob shahridagi ikkinchi stansiya, endi quvvatlanish yanada osonroq bo‘ladi.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab TOKBOR bilan quvvatlaning!