
Loyihalar



Farg‘ona viloyatidagi Yaypam shahrida, SEG TASCO bilan birgalikda “SANEG Yaypan AYoQSh” AYoQSh’da 120 kVt GBT+CCS2 quvvatli TOKBOR quvvatlantirish stansiyasini ishga tushirdik.
Ushbu lokatsiyada xitoylik va yevropalik elektromobillar quvvatlanishi mumkin.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab TOKBOR bilan harakatlaning!




Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida joylashgan “Qilichinoq Metan Petrol” AGTKS qoshida 60 kVt GBT quvvatli TOKBOR quvvatlantirish stansiyasini ishga tushirdik.
Lokatsiya To‘rtko‘l va Beruniy o‘rtasidagi A380 trassasida joylashgan.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab TOKBOR bilan birga harakatlaning!



«Pro. Хинкали by NOVIKOV» restoranining avtoturargohida 120 GBT+GBT quvvatli 2 ta quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik.
Elektrokaringizni quvvatlantirishga qo‘ying va o‘zingiz nihoyatda mazali xinkalidan bahramand bo‘ling.
Manzil: Amir Temur shoh ko‘chasi, 60
Agarda siz stansiyalarni olib kelib, ularni ulashda qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsangiz yoki mijozlarni jalb qilishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, bizning mutaxassislarimiz sizga yordamga keladi — biz stansiyalaringizni O‘zbekistondagi eng yirik tarmoqqa ulaymiz.
TOKBOR doimo siz bilan!