+998 787 777 787


Korporativ mijozlarga

Korporativ mijozlarga

Maqsadimiz O‘zbekiston bo‘ylab elektr transport vositalarini quvvatlantirish uchun qulay va keng infratuzilmani yaratishda yashil kelajakka eʼtibor qaratishdir.

“TOK BOR” kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab yagona elektr quvvat berish shoxobchalari tarmog‘ini yaratib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan noyob quvvat berish shoxobchalarini joriy qilmoqda, biz ularni yaratish jarayoniga juda ehtiyotkorlik bilan yondashdik va mamlakatimizda sotiladigan ko‘pgina elektr transport vositalari uchun bir stansiyaga tez quvvat beruvchi konnektorlarning asosiy turlarini moslashtira oldik. Elektromobillarga quvvat berish o‘zbek tiliga tarjima qilingan va mahalliy kartalar va to‘lov tizimlari bilan birlashtirilgan mobil ilova orqali amalga oshiriladi. Tezkor va sekin quvvat berish stansiyalari Toshkent va Farg‘ona vodiysida ulangan, to‘liq ro‘yxatni TOK BOR mobil ilovasida ko‘rish mumkin (App Store va 0Play Market da mavjud)

Bugun biz elektr transport vositalarini sotib oluvchi barcha yuridik shaxslarga: kichik va o‘rta biznesdan tortib yirik kompaniyalargacha, shuningdek, davlat organlariga mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus korporativ dasturni taklif qilishga tayyormiz.

Ushbu dastur quyidagilarni ko‘zda tutadi

Balansni pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘ldirish

Shaxsiy kabinetingizda avtomobillaringizning quvvat olishlarini nazorat qilish