
Loyihalar


Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Balandda Chimgan» dam olish zonasi avtoturargohida biz TOKBOR GIBRID GBT quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik.
Elektrokaringiz quvvatga to‘layotgan paytda siz do‘stlaringiz bilan maroqli dam olib, tog‘ manzarasidan zavqlanib hovuzda cho‘milishingiz mumkin.
Sevimli TOKBOR lokatsiyalarida zavqlanib quvvatlaning

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “SHAHAND SANATORIYASI” sanatoriysi avtoturargohiga “TOKBOR GIBRID GBT” zaryadlash stansiyasini o‘rnatdik.
Elektromobil o’z zaryadini to’ldiradi, bu yerda siz gazak yeyishingiz, dam olishingiz va tabiat qo’ynidan bahramand bo’lishingiz mumkin.
TOKBOR bilan butun respublika bo’ylab harakatlaning


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «KO’KTOSH SHIFO» sanatoriyasi avtoturargohida 60 kVt GBT/CCS2 va GIBRID GBT quvvatli TOKBOR quvvatlantirish stansiyalarini ishga tushirdik.
Manzil: Bo‘stonliq tumani, Yusufxon ko‘chasi, 247A-uy
Siz dam olishdan bahramand bo‘lgan paytingizda mashinangiz quvvatlanib turadi.
Ushbu lokatsiyada xitoylik va yevropalik elektrokarlar, hamda gibridlar quvvatlanishi mumkin.
TOKBOR’da zavqlanib quvvatlaning!


«Monaco» akvaparkining avtoturargohida 120 kVt GBT/GBT + GIBRID GBT quvvatli TOKBOR quvvatlantirish stansiyasini ishga tushirdik.
Manzil: Mirzo-Ulug‘bek tumani, Qorasu 4.
Akvapark hududida bar, fincha hammom, turkcha hammom, SPA, fud-kort mavjud.
Siz lazzat olayotgan mahal, sizning mashinangiz quvvatga to‘lib turadi.
TOKBOR’da zavqlanib quvvatlaning!

“Wyndham Garden” mehmonxonasining avtoturargohida 2 ta TOKBOR GIBRID GBT quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik.
Shinamli xonali mehmonxonada to’xtalib, spa-salonda hordiq chiqaring, shuningdek siz TOKBOR’da quvvat olayotgan mahal, mehmonxona restoranida tamaddi qilib olishingiz mumkin.
TOKBOR doim siz bilan birga!
