+998 787 777 787
Tok Bor’dan GBT DC – endi Xitoy elektromobillari ham foydalanishlari mumkin

Tok Bor’dan GBT DC – endi Xitoy elektromobillari ham foydalanishlari mumkin

Tok Bor kompaniyasi ushbu voqeaga ikki yil davomida intildi va bugun faxr bilan Tok Bor tarmog‘idagi birinchi DC stansiyasi elektromobillarni quvvatlash uchun ishga tushganligini ma’lum qiladi.

Foydalanuvchilarga ma’lumot uchun: ushbu onlayn stansiyamizda bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobil, Xitoy ulagichli (GB/T) va Yevropa ulagichli (CCS Combo 2), shuningdek adapterlar orqali Amerika va Koreyada ishlab chiqarilgan elektromobillarni (CCS Combo 1) quvvatlash mumkin.

DS stansiyasining to‘liq quvvatlash tezligi 80 foizgacha 20 daqiqadan 45 daqiqagacha tashkil qiladi

Mana bir yildirki elektromobil egalariga qulaylik yaratish maqsadida har bir stansiyamiz Tok Bor serverlariga ulanadi. Tok Bor ilovasi orqali foydalanuvchilar o‘rnatilgan stansiyalarimiz haqida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin. Ushbu ilovadan olingan ko‘rsatgichlarga ko‘ra, birinchi kunning o‘zida yangi DC (tezkor zaryadlash) stansiyasi orqali 16 ta elektrombil 650 kilovatt hajmda quvvat olgan. Misol tariqasida, AS (sekin zaryadlash) stansiyalarida elektromobillar bir oy davomida o‘rtacha 1400 kilovatt energiyaga quvvatlantirilgan.

Bugungi kunda Tok Bor kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab 25 tadan ziyod elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari ishga tushirilgan. Shu munosabat bilan elektr quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish uchun joy taklif qila oladigan yer egalari, shuningdek daromad ko‘rish istagidagi investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni o‘zaro hamkorlikka taklif qilamiz.

Tok Bor elektr quvvat oldirish stansiyalarida tayyor biznes yuritishni taklif qiladi!
Tok Bor bilan birga daromad ko‘ring!

GBT DC tez quvvatlash stansiyasining manzili: Mirzo-Ulug‘bek tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 31B, (mo‘ljal: Le Grande Plaza mehmonxonasi, Bla Bla bar kafesi).

Tel.: (+998) 78−777−77−87.

Instagram: tokbor.uz

Sayt: tokbor.uz

Ссылка на статью - https://daryo.uz/2022/06/23/tok-bordan-gbt-dc-endi-elektromobil-egalari-toliq-foydalanishlari-mumkin/

<< Back