
Loyihalar


Bugun yangi quvvatlantirish stansiyalari Courtyard by Marriott Tashkent to‘rt yulduzli mehmonxonasining avtoturargohida joylashdi.
Bu yerda, 120 kVt quvvatli ikkita stansiyada bir vaqtning o‘zida 4 ta xitoylik elektromobil quvvatlanishi mumkin.
Elektromobilingiz quvvatlanayotgan paytda siz ayvondagi barda vaqt o‘tkazishingiz, shuningdek, restoran, yopiq basseyn va fitnes-markazning xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Yangi lokatsiya TOKBOR mobil ilovasida



ST Golf Academy dan gol'f mashq qilish markazi ham bugungi kunda xitoylik elektromobillar uchun 120 kVt quvvatli yangi TOK BOR quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlangan.
Bu yerda siz gol'f o‘ynashni o‘rganishingiz, shuningdek, markazning restoranida tamaddi qilib olishingiz mumkin.
TOK BOR ni tanlang

Bugun biz shuningdek, Yunusobod, 18 kvartal manzilida joylashgan Wave Plaza savdo markazining avtoturargohida 120 kVt quvvvatli TOK BOR quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik.
Wave Plaza SM hududida Milliy taomlar, fitnes klub, internet kafe, billiard, avto servis va avtomobillarni yuvish shahobchasi xizmat ko‘rsatadi.
TOK BOR da quvvatlaning, vaqtni zavq bilan o‘tkazing


Biz Gazli shahridamiz - Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib borish uchun muhim bo‘lgan yana bir manzil!
Bu yerda, Nozimbar kafesi qoshida xitoylik elektromobillar uchun 160 kVt quvvatli eng kuchli quvvatlantirish stansiyasi o‘rnatilgan.
Elektromobilingiz quvvatlanib, uzoq safarga tayyorgarlik ko‘rayotgan mahal siz bu yerda mazzali taomlardan tatib ko‘rishingiz mumkin.
Butun Qizilqum sahrosi bo‘ylab elektromobilda TOK BOR bilan birgalikda sayohat qiling

Deyarli har bir avtomobil uchun bir oz murakkab bo‘lgan Qizilqum sahrosidan o‘tuvchi Buxoro va Nukus o‘rtasidagi 555 kilometrli trassa endi TOK BOR elektr quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlangan
Bugun biz eng uzoq kutilgan manzilda — Sarimoy qishlog‘idan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan Sarimoy choyhonasi avtoturargohida xitoylik elektromobillar uchun 160 kVt quvvatli quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik!
Bu biz uchun katta g‘alaba! Biz lokatsiyani izlab topish, undan so‘ng esa uni nihoyatda kuchli elektr quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlash uchun elektr quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha katta ishni amalga oshirdik
Axir bizning asosiy maqsadimiz - elektromobilchilar yurtimiz bo‘ylab bemalol harakatlanishlari uchun imkoniyat yaratish
Endi istalgan elektromobil Qizilqum sahrosini kesib o‘tib, Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib borishi mumkin.