Loyihalar
Deyarli har bir avtomobil uchun bir oz murakkab bo‘lgan Qizilqum sahrosidan o‘tuvchi Buxoro va Nukus o‘rtasidagi 555 kilometrli trassa endi TOK BOR elektr quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlangan
Bugun biz eng uzoq kutilgan manzilda — Sarimoy qishlog‘idan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan Sarimoy choyhonasi avtoturargohida xitoylik elektromobillar uchun 160 kVt quvvatli quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik!
Bu biz uchun katta g‘alaba! Biz lokatsiyani izlab topish, undan so‘ng esa uni nihoyatda kuchli elektr quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlash uchun elektr quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha katta ishni amalga oshirdik
Axir bizning asosiy maqsadimiz - elektromobilchilar yurtimiz bo‘ylab bemalol harakatlanishlari uchun imkoniyat yaratish
Endi istalgan elektromobil Qizilqum sahrosini kesib o‘tib, Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib borishi mumkin.
Mamlakatimizning eng chekka nuqtasi - Qoraqalpog‘iston respublikasi Mo‘ynoq shahrigacha ham yetib keldik
Bu yerda, Teniz mehmonxonasi qoshida o‘zgaruvchan tok quvvatlantirish stansiyasi o‘rnatilgan
Endi avtomobilingiz quvvatlanib olgunicha, siz Baggida Orol dengizigacha yetib borishingiz mumkin
TOK BORni tanlang
Navoiy shahrida Regal Hotel by Grand mehmonxonasining avtoturargohida 120 kVt quvvatli TOK BOR quvvat oldirish stansiyasi o‘rnatildi.
Ushbu premium klass mehmonxonasida elektromobilchilar nafaqat quvvatlanishi, balki mehmonxona va anjumanlar zali xizmatlaridan foydalanishlari, restoran va Spa'ga tashrif buyurishingiz mumkin.
Sizni ushbu lokatsiyada kutamiz!
Nihoyat, Qashqadaryo viloyatining eng yirik shahri - Qarshidamiz!
"Tunnel Express" tunnel avtoyuvish to‘xtash joyiga Xitoy va Yevropa elektromobillarini quvvatlantirish uchun 60 kVt quvvatga ega quvvatlash stansiyasini o‘rnatdik, bu yerda siz nafaqat quvvatni to‘ldirishingiz, balki uzoq safardan keyin ham dam olishingiz mumkin. Bu hududda kafe va dam olish xonalari mavjud.
TOK BOR ilovasida batafsil joylashuvni qidiring
Yurtimiz bo'ylab imkon qadar qulay sayohat qiling
Qumqo'rg'on shahrida quvvatlash stansiyamiz paydo bo'ldi! Bugun tunda biz u yerda nafaqat Xitoy, balki Yevropa elektromobillarini ham quvvatlantirish uchun 60 kVt quvvatga ega stansiya o‘rnatdik.
Yurtimizning eng chekka joylariga borishingiz imkon qadar qulay bo‘lishini istaymiz.
Keling, quvvatlang, birinchilardan bo'ling
Surxondaryo, Termiz shahri - yangi hududdagi yangi shahar!
Biz Termez Palace premium mehmonxonasi avtoturargohida xitoylik va yevropalik elektromobillar uchun 80 kVt quvvatli stansiyani o‘rnatdik. Mehmonxonaning hududida anjumanlar zali, fitnes va spa, restoran joylashgan.
Keling va bizning stansiyamizda quvvatlanib vaqtni maroqli o‘tkazing