
Loyihalar



Qashqadaryo viloyatida joylashgan "Sardor hotel" mehmonxonasining avtoturargohida, mashhur Tarvuzning yonidagi Yettitom chorrahasida 60 kW GBT+CCS2 quvvatli quvvatlash stansiyasini o‘rnatdik.
Endi ushbu lokatsiyada xitoylik va yevropalik elektromobillar quvvatlanishi mumkin.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab harakatlaning va TOK BOR'da quvvatlaning!



Namangan viloyatida, Toshkent-Namangan trassasi bo‘ylab, Chust shahrining yonida, "Elnur" TJM avtoturargohi yonida 160 kW GBT+CCS2 quvvatli TOK BOR stansiyasini o‘rnatdik.
Endi TJM yashovchilari va mehmonlar ham o‘zlarining xitoylik va yevropalik elektrokarlarini quvvatlashi mumkin bo‘ladi.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab TOK BOR'da quvvatlaning!

Buxoro viloyatining Vobkent shahrida, M37 trassasining chorrahasida joylashgan "Allianz megamarket" avtoturargohida 60 kW GBT+GBT quvvatli TOK BOR quvvatlash stansiyasini o‘rnatdik. Ushbu lokatsiya Buxoroga, Xorazm viloyati tarafga, yoki Qoraqalpog'iston Respublikasiga ketayotganlar uchun juda qulay bo‘ladi.
Do‘konda keng turdagi mahsulotlar mavjud. Siz xaridlar qilguningizgacha, sizning xitoylik yoki yevropalik elektrokaringiz tez quvvatlanib olishi mumkin.
TOK BORni tanlang va butun O‘zbekiston bo‘ylab sevimli lokatsiyalaringizda quvvatlaning!


«AKFA SAVDO MARKAZI» avtoturargohida birdaniga 3 ta TOK BOR quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatildi, GBT va GBT + Type 2 konnektorli ikkita o‘zgaruvchan tokli quvvatlantirish stansiyalari va 160 kW GBT + GBT quvvatli bitta tez quvvatlantirish stansiyasi.
Endi yevropalik avtomobillar o'z mashinasini sekin quvvatlagichda ham quvvatlanishi mumkin.
Keling, sizni yangi lokatsiyada kutamiz!