
Loyihalar

Bizda yangi manzil Ohangaron shahrida!
Bugun “Anhor” kafesi yonida 60 kVt quvvatga ega TOK BOR quvvatlash stansiyasini o‘rnatdik, u yerda Xitoy va Yevropa elektromobillarini quvvatlantirish mumkin.
Endilikda elektromobillar Farg‘ona vodiysi va Samarqand o‘rtasida quvvat olish uchun Toshkentga bormasdan harakatlana oladi.
TOK BOR mobil ilovasida aniq manzilni qidiring!




Uzoq kutilgan 120 kVt quvvatli TOK BOR tez quvvat oldirish stansiyasi Namanganda, Art Soft Mall (Korzinka supermarketi) savdo markazining avtoturargohida o‘rnatildi.
Xitoylik elektromobillarning egalari endi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab bemalol sayohat qilishlari mumkin.
Butun TOK BOR tarmog‘i bo‘ylab quvvatlaning!

Andijondagi oilaviy O‘zbegim SKM'da @ozbegimtc, Cho‘lpon ko‘chasi, 10-uy manzili bo‘yicha xitoylik elektromobillar uchun 200 kVt quvvatli TOK BOR eng kuchli stansiyalarning bittasi o‘rnatilgan!
Endi Andijonda ikkita tez quvvat oldirish stansiyasi, hamda bitta o‘zgaruvchan tok stansiyasi mavjud
Keling, va sizga qulay bo‘lgan manzilda quvvat oling!


Bugungi kundan TASHKENT INDEX savdo-ishlab chiqarish majmuasining avtoturargohida, xitoylik elektromobillar uchun konnektorlar bilan jihozlangan, tarmog‘imizdagi eng kuchli 200 kVt quvvatli ikkinchi tez quvvat oldirish stansiyasi ishga tushirildi.
Aniq joylashuvini TOK BOR mobil ilovamizda qidiring.
