Korporativ mijozlarga
Maqsadimiz O‘zbekiston bo‘ylab elektr transport vositalarini quvvatlantirish uchun qulay va keng infratuzilmani yaratishda yashil kelajakka eʼtibor qaratishdir.
“TOK BOR” kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab yagona elektr quvvat berish shoxobchalari tarmog‘ini yaratib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan noyob quvvat berish shoxobchalarini joriy qilmoqda, biz ularni yaratish jarayoniga juda ehtiyotkorlik bilan yondashdik va mamlakatimizda sotiladigan ko‘pgina elektr transport vositalari uchun bir stansiyaga tez quvvat beruvchi konnektorlarning asosiy turlarini moslashtira oldik. Elektromobillarga quvvat berish o‘zbek tiliga tarjima qilingan va mahalliy kartalar va to‘lov tizimlari bilan birlashtirilgan mobil ilova orqali amalga oshiriladi. Tezkor va sekin quvvat berish stansiyalari Toshkent va Farg‘ona vodiysida ulangan, to‘liq ro‘yxatni TOK BOR mobil ilovasida ko‘rish mumkin (App Store va 0Play Market da mavjud)
Bugun biz elektr transport vositalarini sotib oluvchi barcha yuridik shaxslarga: kichik va o‘rta biznesdan tortib yirik kompaniyalargacha, shuningdek, davlat organlariga mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus korporativ dasturni taklif qilishga tayyormiz.
Ushbu dastur quyidagilarni nazarda tutadi
Keng qamrovli infratuzilma (1000+ stansiya) korporativ avtoparkning butun mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishini ta’minlaydi
TOKBOR tarmog‘i bo‘yicha zaryadlashga 22% chegirma
Balansni naqdsiz hisob-kitob orqali to‘ldirish
Zaryadlash seanslarining to‘liq tafsiloti — xarajatlarni nazorat qilish va ichki hisob uchun har bir elektromobil bo‘yicha hisobot
Buxgalteriya va soliq hisoboti uchun hujjatlarning to‘liq to‘plamini shakllantirish
Elektromobillaringizni quvvatlashni zaryad infratuzilmasi bozoridagi yetakchi — TOKBOR’ga ishoning!
Dasturga ulanish uchun bizga telefon orqali bog‘laning: 78 777 77 87