
Loyihalar





Bugun biz Jizzax dovonidagi quvvatlantirish stansiyasini almashtirdik, shuningdek, Anhor Choyxona lokatsiyasida yana bitta TOK BOR quvvatlantirish stansiyasini qo‘shdik.
Endi bu yerda birdaniga 4 ta xitoylik elektromobilni quvvatlantirish uchun 120 kVt quvvatli 2 ta stansiya faoliyat ko‘rsatmoqda
Hammasi siz uchun, hurmatli elektromobilchilar! TOK BOR'da quvvatlaning!

Bizda yangi lokatsiya qo‘shildi!
160 kVt quvvatli TOK BOR yangi quvvatlantirish stansiyasini Samarqandda, Hotel Shodlik mehmonxonasining avtoturargohida o‘rnatdik.
Stansiya Qarshidan Shahrisabzga ketish yo‘lida joylashgan, stansiyada quvvatlanib Toshkent yoki Farg‘ona vodiysi tomonga yo‘lingizni davom etishingiz mumkin



Bugun biz S-5, Anxor daryosining qirg‘og‘ida joylashgan Crowne Plaza Tashkent mehmonxonasining avtoturargohida 160 kVt quvvatli TOK BOR quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatdik.
Mehmonxonaning hududida zamonaviy sportzal, basseyn va sauna mavjud, shuningdek, professional SPA-muolajalar va massajning keng tanlovi taklif qilinadi. Elektromobillari quvvatlanayotgan paytda, mehmonlar to‘liq dam olib, og‘ir ish kunidan keyin tiklanib olishlari mumkin.
Yangi lokatsiyaga quvvatlanish uchun albatta keling!