TOK BOR`da depozitsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud
Endi TOK BOR stansiyalarida elektromobilni quvvatlantirish uchun hisobda 10 ming so‘mdan ortiq istalgan summa bo‘lsa bas. Shuningdek, kompaniya biznes egalariga qulay shartlarda hamkorlik taklif qilmoqda.
TOK BOR kompaniyasi 2020-yildan buyon O‘zbekistonda o‘zining elektr quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bilan shug‘ullanib keladi va ushbu sohada eng yirik operatorlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab 300 dan ortiq quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatilgan, ilovada esa 60 mingdan ziyod foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan.
TOK BOR kompaniyasi doimo o‘zining xizmat ko‘rsatish darajasi tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun maksimal darajada qulay bo‘lishiga intiladi. Endi elektromobil haydovchilari hisobida 200 ming so‘m depozit bo‘lishi shart emas. Quvvatlanish sessiyasini boshlash uchun hisobda 10 ming so‘mdan ortiq istalgan summa bo‘lishi yetarli.
Bu TOK BOR kompaniyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega qadam bo‘lib, u har bir mijoz haqida g‘amxo‘rlik va qiziqishni tasdiqlaydi.
Shuningdek, elektromobillar uchun infratuzilmani rivojlantirar ekan, TOK BOR kompaniyasi yaxshi lokatsiyada joylashgan, 60 kVtdan yuqori quvvatga ega transformator stansiyasi mavjud avtoturargohi bor biznes obyektlarida quvvatlantirish stansiyasini bepul joylashtirish va joy uchun ijara haqini to‘lashga tayyor. Kompaniyadan yana bitta hamkorlik turi — o‘z lokatsiyangiz uchun TOK BOR quvvatlantirish stansiyasini xarid qilib, pul aylanmasidan daromad ishlab topishingiz mumkin.
Telefon: (+998) 78−777−77−87
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/22/tok-bor/
<< Orqaga