+998 787 777 787
TOK BOR Xitoy elektromobillari uchun GBT DC  stansiyasini ishga tushirdi

TOK BOR Xitoy elektromobillari uchun GBT DC stansiyasini ishga tushirdi

Ushbu onlayn stansiyada Xitoy (GB/T) va Yevropa (CCS Combo 2 ulagichlari bo‘lgan ikkita elektr transport vositasini bir vaqtning o‘zida quvvatlantirish mumkin. Amerika va Koreya elektromobillarini (CCS Combo 1) adapter orqali quvvatlantirish ham mumkin.

TOK BOR rahbari Erkin Ro‘zmatov, bizga maʼlum qilganidek, kompaniya ikki yildan buyon ushbu tadbirga intilmoqda va bugungi kunda TOK BOR tarmog‘idagi birinchi va uzoq kutilgan GBT DC stansiyasi elektr transport vositalarini quvvatlantirish uchun tayyor.

DC-stansiyaning 80% gacha zaryadlash tezligi 20 dan 45 minutgacha.

Elektr haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida bir yildan beri har bir stansiya TOK BOR serveriga ulangan. TOK BOR ilovasidan foydalangan holda foydalanuvchilar quvvat berish stansiyalari va ularning ish hajmi haqida darhol maʼlumot olishlari mumkin. Buni kuzatadigan bo‘lsak, dastlabki 6 soat ichida yangi tezkor quvvat berish stansiyasiga 12 ta elektr transport vositasi yetib keldi va bu 2 hafta davomida o‘zgaruvchan tok asosidagi quvvat berish stansiyalarining o‘rtacha yuklamasini tashkil etadi.

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunda TOK BOR butun mamlakat bo‘ylab 25 ta quvvat berish stansiyalarini o‘rnatgan. “TOK BOR” kompaniyasining istiqboldagi rejalari qatoriga O‘zbekiston bo‘ylab elektr quvvat berish stansiyalari tarmog‘ini jadal rivojlantirish kiradi, buning natijasida quvvat berish stansiyalariga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikka taklif etiladi, bu esa ularga oylik barqaror daromad keltiradi.

Manzil: Shahrisabz ko‘chasi, 31 B (mo‘ljal: Le Grande Plaza, Bla Bla bar mehmonxonasi)
Telefon: + 998 787-777-787

Maqolaga havola - https://themag.uz/post/tok-bor-zapustil-stanciju-gbt-dc-dlja-kitajskih-jelektromobilej

<< Orqaga