+998 787 777 787
TOK BOR dan GBT DC dan endi xitoylik elektromobillar ham foydalanishi mumkin

TOK BOR dan GBT DC dan endi xitoylik elektromobillar ham foydalanishi mumkin

>TOK BOR dan doimiy tok DC tez quvvat oldirish stansiyasida xitoylik va yevropalik tirqishlarga ega elektromobillar, shuningdek, o‘tkazgich orqali – amerikalik va koreyalik avtomobillar ham quvvat olishi mumkin.

TOK BOR kompaniyasi ushbu natija sari ikki yil davomida harakat olib bordi, va bugun g‘urur bilan  tarmoqdagi ilk TOK BOR va kutilgan DC-stansiyasidan elektromobillarni quvvat oldirish uchun foydalanish mumkinligi haqida xabar bermoqda.
Ushbu onlayn-stansiyada bir vaqtda  xitoylik (GB/T) va yevropalik (CCS Combo 2) tirqishlarga ega ikkita elektromobil, shuningdek, o‘tkazgich orqali amerikalik va koreyalik elektromobillarni (CCS Combo 1) quvvat oldirish imkoniyati mavjud.
DC stansiyada 80% gacha to‘liq quvvat oldirish uchun 20 dan 45 daqiqagacha vaqt oladi.

Mana bir yildirki, elektromobilchilarning qulayligi uchun har bir stansiya TOK BOR serveriga ulanadi. TOK BOR ilovasidan foydalanib, foydalanuvchilar darhol quvvat oldirish stansiyalari va ularning qanchalik yuklanganligi haqida ma’lumot olishlari mumkin. Birinchi kun davomida yangi quvvat oldirish stansiyasida 16 ta elektromobil 650 kVt ga quvvatlandi. Taqqoslash uchun: AC-quvvat oldirish stansiyalarida bir oyda o‘rtacha 1400 kVtga quvvat oldiriladi.

Bugungi kunda TOK BOR kompaniyasi tomonidan mamlakat bo‘ylab 25 ta quvvat oldirish stansiyalari o‘rnatilgan. TOK BOR butun O‘zbekiston bo‘ylab elektr quvvat oldirish stansiyalar tarmog‘ini jadal rivojlantirishni rejalashtirgan, shu munosabat bilan hamkorlik maqsadida, o‘zlarining lokatsiyalarini elektr quvvat oldirish stansiyalarini joylashtirish uchun taqdim etishga tayyor bo‘lgan avtoturargoh joylarining egalari, shuningdek elektr quvvat oldirish stansiyalariga sarmoya qilishga va buning natijasida o‘zlari uchun oylik stabil daromadni yaratadigan yuridik va jismoniy shaxslar taklif qilinadi. TOK BOR  faoliyat yuritish uchun to‘liq tayyor bo‘lgan elektr quvvat oldirish stansiyalari biznesini taklif qiladi.

Теlefon: (+998) 78−777−77−87.

DC doimiy tok tez quvvat oldirish stansiyasi ushbu manzil bo‘yicha joylashgan: Мirzо-Ulug‘bek tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 31B.
Mo‘ljal: Le Grande Plaza mehmonxonasi, Bla Bla bar..

Sayt: tokbor.uz
Instagram: @tokbor.uz

Maqolaga havola -  https://www.gazeta.uz/ru/2022/06/24/tok-bor-dc/

<< Orqaga