+998 787 777 787
Elektromobillarning uzluksiz harakatlanishi uchun TOK BOR infratuzilma yaratishni rejalashtirmoqda

Elektromobillarning uzluksiz harakatlanishi uchun TOK BOR infratuzilma yaratishni rejalashtirmoqda

TOK BOR tarmoqni rivojlantirish va O‘zbekistonning yirik shaharlari va chekka burchaklarini tez quvvatlantirish stansiyalari bilan jihozlashning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi.

TOK BOR kompaniyasi 2020-yildan boshlab O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalarini yetkazib berish, joylashtirish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shu bilan birga, kompaniya butun O‘zbekiston bo‘ylab to‘sqinliksiz elektromobillarda harakatlanish uchun infratuzilma yaratishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib belgilab olgan.

Bugungi kunda TOK BOR tarmoqni rivojlantirishning birinchi bosqichi yakunlanganligi va O‘zbekistonning yirik shaharlari va chekka burchaklari tez quvvatlantirish stansiyalari bilan ta’minlanganligini e’lon qildi.

Qizilqum cho‘li, xususan, Sarimay qishlog‘i va Gazli shahrining zabt etilishi tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha uch yillik sa’y-harakatlarning yakuniy natijasiga aylandi. Elektromobilchilar Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va O‘zbekistonning boshqa viloyatlari o‘rtasida harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi.

Kompaniya asosiy yo‘llardagi quvvatlantirish stansiyalari orasidagi masofani qisqartirishni va shahar hamda qishloqlarda ularning sonini ko‘paytirishni rejalashtirgan. Buning uchun TOK BOR 120 kVt gacha erkin quvvatli xususiy transformator stansiyasi va qulay lokatsiyaga ega tadbirkorlarni hamkorlik uchun taklif qilmoqda. TOK BOR kompaniyasi elektr quvvatlantirish stansiyasini bepul o‘rnatishga, shuningdek, uning joylashishi uchun ijarasini to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, hamkorlar TOK BOR`dan lokatsiyalari uchun quvvatlantirish stansiyasini sotib olishlari va biznes jarayonlariga sho‘ng‘imasdan daromad ko‘rish imkoniyatlari bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/03/tok-bor/

<< Orqaga