Qishda elektromobilning yurish zaxirasini qanday oshirish mumkin va nima uchun quvvatlash jarayoni sekinlashib qoldi?!
Sovuq kunlar boshlanishi bilan elektromobil haydovchilarida nima uchun yurish zaxirasi kamayib ketdi, quvvatlash tezligi esa pasaydi, kabi savollar tug‘iladi, mazkur maqolada sizlarning shu kabi savollaringizga javob berishga harakat qilamiz:
Bosib o‘tiladigan yo‘lning haroratga bog‘liqligi
Elektromobillardan foydalanish uchun eng maqbul harorat 21 daraja hisoblanadi, undan yuqori yoki past harorat akkumlyatorlarning xarakteristikalariga ta’sir ko‘rsatadi hamda qo‘shimcha energiya sarfini keltirib chiqaradi.
LFP Blade katakchalari misolida akkumlyator haroratini ushlab turish tizimiga ega va bunday tizim mavjud bo‘lmagan elektromobil bosib o‘tadigan yo‘li zaxirasiga haroratning ta’siri jadvali
Keling, qishda elektromobildan foydalanish borasida bir qancha foydali maslahatlarni ko‘rib chiqamiz.
Atrof muhitning haroratidan tashqari, yurish zaxirasiga haydovchining mashina haydash uslubi, keskin tezlanishlar, 100 km/s dan yuqori tezlikda yurish, keskin tormoz berish, shuningdek mashina salonidagi o‘ta yuqori harorat ham ta’sir qiladi.
Tezlik va haroratdan kelib chiqib Tesla Model S 100Dning yo‘l bosish
Qolaversa, agar siz bitta uzoq masofaga yursangiz, yurish zaxirasi tanaffuslar bilan qisqa masofalarni bosib o‘tishga nisbatan uzoqroq masofaga yetadi, chunki qisqa masofalarga yurganda har safar mashina akkumlyator va salon haroratini belgilangan darajaga olib chiqishi zarur bo‘ladi.
Shubhasiz, haroratning pastligi elektromobil akkumlyatorini quvvatlash tezligiga ham ta’sir qiladi, ammo TOK BOR stansiyalarida haroratning turli darajalarida ham barqaror tok beriladi
TOK BOR stansiyalarining kuch modullari ishlab chiqarish unumdorligiga haroratning ta’siri
Jadvalda bizning 20 kilovattli kuchlanish modulidan tashkil topgan muntazam tok stansiyalarimiz -30 dan +56 darajagacha haroratda barqaror quvvatni yetkazib berishi mumkinligini ko‘rish mumkin.
Elektromobilning (KIA EV6 misolida) harorat va batareya zaryadidan kelib chiqib tok qabul qilish imkoniyatini aks ettiruvchi jadval
Mashina salonidan tashqarida turlicha harorat bo‘lganida imkon qadar ko‘proq tok olish imkoniyati faqat batareyaning hajmi va kimyoviy tuzilishiga, shuningdek elektromobillarning har bir modelining batareyani ishchi harorat diapazoniga chiqarish imkoniyatiga, boshqacha aytganda, mashina batareyani qanchalik tez qizdira yoki sovuta olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bundan tashqari, sovuq kunda quvvatlantirish jarayonida energiyaning bir qismi batareyani qizdirishga ketib qoladi, shu bois mashinaning qabul qilayotgan quvvati stansiyadan berilayotgan quvvatdan 15-25 % ga, o‘zgaruvchan tok stansiyalarida esa sovuq kunlarda 50 % gacha farq qilishi mumkin, bunga chabab esa mashina batareya va salonni qizitishga ketgan energiyani hisobga olmasdan faqat bevosita elektromobil akkumlyatoriga yo‘naltirilgan quvvatni, stansiya esa iste’mol qilinayotgan tokning hammasini aks ettirishi bilan bog‘liq.
Tavsiyalar:
✔ Elektoromobilsotib olishda kuchli tok batareyasini qizdirish/sovutish tizimi o‘rnatilgan modellarni tanlang
✔ Hajmikattaroq AKBni tanlang, hajm qancha katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘proq tok qabul qila oladi
✔ Elektromobilniyo‘lga tushishdan 15-20 daqiqa oldin qizdiring
✔ Rekuperatsiyatormozlaridan foydalaning
✔ Elektromobilustidan qorni kurab tashlang, u qo‘shimcha og‘irlik tushiradi va aerodinamikani yomonlashtiradi
✔ Salondagiharoratni 22 jarajadan oshirmang, hamda rul va o‘rindiqlarni isitishdan foydalaning, ular iqlim-nazoratidan ko‘ra ancha tejamkor
✔ Mashinaniusti yopiq to‘xtash to‘xtash joyida yoki quyoshda qoldiring
✔ Shinalardagibosimni tekshirib turing
Darvoqe, Norvegiya elektromobillar soni bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblanadi, u yerda qish uzoq davom etishini va qattiq sovukq bo‘lishini yaxshi bilamiz, demak bizning quyoshli O‘zbekistonimizda bu kabi vaqtinchalik masalalar haqida ko‘pi bilan bir-ikki oy bosh qotirishga to‘g‘ri keladi xolos.
<< Orqaga