
Dovut ota posti va Jasliq shahrida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini ishga tushirdik.
Biz Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ikki strategik muhim joyda — Dovut ota posti va Jasliq shahrida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini ishga tushirdik. UZ1044 Metan Jasliq 60kVt (GBT/DC +CCS2) UZ1041 Dinur Kafe 60 kVt (GBT/DC +CCS2) Endi elektromobil egalari nafaqat butun mamlakat bo‘ylab, balki uning tashqarisida ham bemalol harakatlanishlari mumkin — doim «to‘liq quvvatlangan bak» bilan. Biz hududlarni bosqichma-bosqich yagona tarmoq bilan bog‘lab, elektromobil egalari uchun yangi imkoniyatlar yaratayotganimizdan faxrlanamiz! TOKBOR bilan butun mamlakat bo‘ylab qulay sayohat qiling!