
Biz Gazli shahridamiz
Biz Gazli shahridamiz - Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib borish uchun muhim bo‘lgan yana bir manzil! Bu yerda, Nozimbar kafesi qoshida xitoylik elektromobillar uchun 160 kVt quvvatli eng kuchli quvvatlantirish stansiyasi o‘rnatilgan. Elektromobilingiz quvvatlanib, uzoq safarga tayyorgarlik ko‘rayotgan mahal siz bu yerda mazzali taomlardan tatib ko‘rishingiz mumkin. Butun Qizilqum sahrosi bo‘ylab elektromobilda TOK BOR bilan birgalikda sayohat qiling