TOK BOR BeFit PRO da elektr transport vositalariga quvvat berish stansiyasini o‘rnatdi
BeFit PRO nafaqat sportchilarni, balki ularning elektromobillarini ham TOK BOR quvvat berish majmuasi yordamida quvvatlantirishni taklif qiladi.
Dunyo bo‘ylab juda ko‘p turli xil quvvat berish stansiyalari mavjud. Shu bilan birga, ularning hech biri barcha elektromobilchilarning ehtiyojlarini qondira olmaydi. TOK BOR PRO - ham tezlashtirilgan, ham tez quvvat berish uchun barcha eng keng tarqalgan konnektorlarni o‘zida birlashtirgan quvvat berish stansiyasi.
Lokatsiyaning o‘zining konsepsiyasini, shuningdek, uning juda qulay joylashuvini hisobga olgan holda, TOK BOR O‘zbekiston uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta eksklyuziv xususiyatlari bilan ajralib turadigan loyihani ishlab chiqdi va amalga oshirdi:
- Bugungi kunda u bir vaqtning o‘zida 104 kVt/soat elektr energiyasini yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi eng kuchli quvvat berish majmualaridan biri hisoblanadi.
- TOK BOR PRO quvvat berish stansiyasi bir vaqtning o‘zida uchta elektr transport vositasiga quvvat bera oladi.
- ТOKBOR PRO сочетает в себе все самые распространенные коннекторы как для ускоренной, так и для быстрой зарядки.
- TOK BOR PRO tezlashtirilgan va tez zaryadlash uchun barcha eng keng tarqalgan ulagichlarni o‘zida birlashtiradi.
TOKBOR.UZ — O‘zbekistonda elektr transporti uchun quvvat berish infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyiha.
Avtomobil egalari elektr mashinasini tez va qulay tarzda quvvatlab, uzoqqa borishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun quvvat berish stansiyalarini rivojlantirish bilan bir qatorda TOK BOR tomonidan Yevropa dasturiy taʼminotini xarid qilish, uni o‘zbek tiliga tarjima qilish, mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish va hokazolar bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Endi foydalanuvchilar uchun dasturni yuklab olish va unda ro‘yxatdan o‘tish yetarli. Shundan so‘ng real vaqt rejimida O‘zbekistondagi barcha quvvat berish stansiyalarining joylashuvini, qiziqqan portlar holatini (bo‘sh yoki band) kuzatishingiz va hatto masofadan turib bron qilishingiz mumkin.
Bir oy ichida “Amirsoy Mountain Resort” tog‘-chang‘i majmuasi mavsumiy dam olish maskani, poytaxtimizdagi “Anhor Lokomotiv” istirohat bog‘i, “O‘zbekneftgaz” milliy yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining ikkita shoxobchasi “TOK BOR ” quvvat berish shoxobchalari bilan jihozlandi. Bundan tashqari, “Makro” supermarketlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi 20 ta filiali uchun stansiyalar yetkazib berildi.
Kompaniya hamkorlikka uchun ochiq. O‘z manzillarida elektr transport vositalari uchun quvvat berish stansiyalari tarmog‘ini yaratmoqchi bo‘lgan va elektr stansiyalariga sarmoya kiritish ikki baravar foydali ekanligini tushunadigan har qanday yirik kompaniya TOK BOR hamkori bo‘lishi mumkin. Axir, bu nafaqat atrof-muhitni yaxshilashga qo‘shilgan ulkan hissa, balki o‘nlab yillar davomida doimiy bo‘lgan, ortib boradigan daromaddir.
Maqolaga havola: https://www.gazeta.uz/ru/2021/05/04/tok-bor/
<< Orqaga