+998 787 777 787
Qamchiq dovonida elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi

Qamchiq dovonida elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi

Elektromobil haydovchilari uchun Qamchiq dovonida qulay va xavfsiz quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘ldi. TOK BOR kompaniyasi Xitoy va Yevropa modellari uchun mo‘ljallangan quvvati 80 kVt bo‘lgan tezkor stansiyani o‘rnatdi.

Qamchiq dovoni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘lab turuvchi juda muhim transport bog‘lanmasi hisoblanadi. Keskin burilishlar hamda betakror tabiat manzaralari o‘zining go‘zalligi va ulug‘vorligi bilan maftun etadi.

Ammo ushbu hududning ana shu o‘ziga xos jihatlari transport vositalari, ayniqsa elektromobillar harakati uchun ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Keskin burilishlar, tepaga ko‘tarilish va tushishlar, ob-havoning noqulayliklari ularning batareyalari odatdagidan tezroq quvvatsizlanishiga sabab bo‘ladi.



Kompaniya TOK BOR tashkil etilgan ilk kunlaridanoq Qamchiq dovonining barcha elektromobillar haydovchilariga qulay va xavfsiz bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadini qo‘ygan. Bir yildan ortiq vaqt davomida kompaniya rejani amalga oshirish uchun qulay joy izlagan. Tanlanadigan joy zarur masofada va balandlikda bo‘lishi, elektromobil haydovchilari mashinalarini quvvatlantirish paytida dam olish va tamaddi qilishlari uchun kerakli infratuzilmalar mavjud bo‘lishi juda muhim bo‘lgan.



Keyin ma’lum bo‘lishicha, elektrostansiyani o‘rnatish uchun qulay joyni izlash va topish faqatgina ishning boshlanishi bo‘lib, uni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun kompaniyaga taalluqli bo‘lmagan yana ikkita masalani hal etishga to‘g‘ri kelgan.

Birinchidan, Xitoy va Yevropa elektromobillariga mo‘ljallangan 80 kVtlik tezkor stansiyani zarur elektr quvvati bilan ta’minlash kerak bo‘lgan. Buning uchun Nabixon ota oshxonasi rahbariyati bilan birgalikda mavjud transformatorni quvvati kattarog‘iga almashtirilgan.

Ikkinchidan, darada barqaror mobil aloqani ta’minlash va buning uchun GSM stansiyasini kuchaytirgich bilan jihozlashga to‘g‘ri kelgan. Bu stansiyani serverga ulash va elektromobilistlarga smartfonlar orqali zaryadlash sessiyasini boshqarish imkoniyatini yaratdi.

Bu TOK BOR kompaniyasi uchun navbatdagi va juda muhim yutuq — 50 dan ortiq stansiyani o‘z ichiga olgan elektr quvvatlash stansiyalari tarmog‘i yana bir ahamiyatli va zarur joyda ish boshladi.

Telefon: (+998) 78 777−77−87.

Sayt: tokbor.uz

Instagram: @tokbor.uz

Ссылка на статью -  https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/27/tok-bor/ Ру
                                  https://www.gazeta.uz/ru/2022/10/27/tok-bor/ Uz

<< Orqaga