+998 787 777 787

Agar sizda avtoturargoh hududida to‘g‘ri keladigan joyingiz bo‘lsa va kerakli quvvatga ega elektr tarmog‘i mavjud bo‘lsa, biz sizga o‘zgaruvchan tokni zaryadlash stansiyalari yoki 40 dan 200 kVt gacha quvvatga ega tez zaryadlash shoxobchalarini bepul taqdim etishga tayyormiz. Bundan tashqari, qurilma rus va o‘zbek tillarida foydalanish uchun qulay interfeysga ega bo‘lgan TOK BOR dasturiy majmuasiga ulanadi va stansiya ishini masofadan turib kuzatish imkonini beradi. Yana bir muhim afzallik shundaki, o‘z stansiyangizni TOK BOR serveriga ulash orqali siz, yuqori to‘lov imkoniyatiga ega iste'molchilar guruhiga kiritilgan mamlakatimizdagi barcha elektr transport vositalari egalariga avtomatik tarzda ulanish huquqiga ega bo‘lasiz. Ushbu auditoriyani kafe, do‘kon yoki, aytaylik, mehmonxona hududiga jalb qilish sizning asosiy biznesingizga ijobiy ta'sir qilishiga qo‘shilasizmi?