
Avtoturargoh hududida mos joyga ega bo‘lgan va uni o‘zining TOK BOR elektr stansiyasi bilan jihozlamoqchi bo‘lganlar uchun bizning mutaxassislarimiz har qanday byudjet va texnik xususiyatlar uchun sekindan tez (40 - 200 kVt) gacha eng ishonchli va maqbul variantni tanlashda yordam beradilar. Hamkorlikning bunday sharoitlarida siz oylik umumiy aylanmaning 80 foiziga ega bo‘lasiz, bu esa loyihaning 2 yildan kamroq vaqt ichida to‘liq qoplanishini kafolatlaydi.
Stansiyaning TOK BOR maxsus dasturiy majmuasi orqali O‘zbekistondagi zaryadlash stansiyalarining yagona raqamli platformasiga ulanishi qo‘shimcha qulaylikdir. Ushbu xizmat nafaqat o‘z biznesingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfoningizdan samarali boshqarish imkonini beradi, balki eng yuqori to‘lov imkoniyatiga ega iste'molchilardan iborat avtomobil' egalarining yangi segmentiga kirish imkoniyatini ham beradi.